O'zbekistonning ko'plab xorijiy davlatlar bilan turli sohalardagi do'stona aloqalari yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o'tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant B. Qurbonov general M. Kurillani O'zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki davlat o'rtasida mudofaa sohasida o'rnatilgan do'stona munosabatlarning yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdi.