Ushbu elektron platformaning yaratilishi ariza beruvchiga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishga onlayn soʻrovlarni berish, “Oʻzaviatsiya” Agentligining “Uzbekistan airports” AJ va “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK bilan soʻrovlarni qayta ishlashda tezkor hamkorlik qilish, soʻrovlarni koʻrib chiqish muddatlarini esa 24 soatgacha qisqartirish imkonini beradi.

2021-yil 15-fevraldan boshlab platforma onlayn, sinov rejimida ishga tushirildi. Xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun arizalarini quyidagi havola orqali berish imkoniyatiga ega.