Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 544 dona elektromobil import qildi.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.

Joriy yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilindi.

Oʻzbekiston 4 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar

Xitoy – 2 278 ta,

Gonkong – 202 ta,

Germaniya – 32 ta,

BAA – 16 ta,

Koreya – 9 ta,

AQSH – 4 ta.