Shundan, 30 foizi Qozogʻistondan tashrif buyuradigan turistlar hisoblanadi.
2018-yil davomida Turkiyadan tashrif buyurganlar sayyohlar soni 41 ming 299 kishini tashkil qilgan boʻlsa, 2019-yilda ushbu koʻrsatgich 63 ming 539 kishini tashkil etdi. 2020-yilning yakuniga koʻra, 20 ming 958 Turkiya fuqarosi tashrif buyurgan.
2021-yilda 44 ming 168, 2022-yilning 9 oy davomida 56 ming 792 turkiyalik turistlar tashrif buyurdi.
Ozarbayjondan Oʻzbekistonga 2018-yilda 10 ming 465 sayyoh kelgan boʻlsa, 2019-yilda – 12 ming 367 kishi kelgan. 2020-yilda 2 ming 213 nafar, 2021-yilda esa 2 ming 890 sayyoh tashrif buyurgan. 2022-yilning 9 oyida esa 5 ming 414 kishi yurtimizga keldi.
Qirgʻizistondan 2017-yilda 366 ming kishi kelgan boʻlsa, 2018-yilda bu raqam keskin oshdi — 1 million 56 ming kishi. 2019-yilda 1 million 454 kishi, 2020-yilda 1 million 454 907 ming, 2021-yilda esa 652 ming 166 nafar sayyoh kelgan boʻlsa, 2022-yilning 9 oyida bu raqam 920 ming kishini tashkil etdi.