Havo harorati kunduzi 10-15 daraja iliqni, shimolda 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda esa chang-toʻzon kuzatiladi.
Ertaga nam va salqin havo massasining kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻistonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatiladi.
Yakshanba kuni faqat Qoraqalpogʻistonning baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Ertaga mamlakatimizning togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir va qor yogʻadi.