Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga koʻp.

2021-yilning iyun oyida Oʻzbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga koʻp.  

2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 228 ta;

Turkiya – 24 ta;

Koreya – 5 ta;

AQSH – 5 ta;

Germaniya – 4 ta;

Litva – 1 ta;

Ispaniya – 1 ta.