Iyun oyida qo‘shni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist tashrifi kuzatilgan. Xususan, mamlakatimizga Qozog‘istondan 178 118 nafar, Qirg‘izistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar sayyoh kelgan.
Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar, xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist O‘zbekistonga qiziqish bildirgan.
Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 nafar turist mehmon bo‘lgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSH, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelgan sayyohlardir.