Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi A.S.ning ishonchiga kirib, uning tanishi A.H. va oila a'zolariga O'zbekiston Respublikasiga kirish vizasini tanishlari yordamida 12 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va'da qilishib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.