Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro J.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “MKE 9.P 20” yozuvli gilza va 3 dona “STR 9*1.9 mm 18” yozuvli oʻqotar qurol oʻqlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.