Ushbu insonparvarlik yordami aksiyasi EUROUZ, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, Turkiya va Italiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirildi.
Oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatlaridan iborat ushbu muhim yuk Oʻzbekistonga yetkazilishi bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshirildi.
“Pandemiya vaqtida oʻtkazilib kelayotgan boshqa koʻpchilik aksiyalar kabi, bemorlar va shifokorlar uchun aynan nima zarur ekanligini tanlashda Milliy palata asosiy urgʻuni innovatsiyaga qaratadi. Mazkur holatda oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatlarining yangi avlodi nafaqat COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga kasallik ogʻir kechayotgan paytda yordam beradi, shuningdek, mamlakatimiz shifokorlarining malakalarini oshirishni kuchaytirish, ularga uskunalar va davolash uslublari boʻyicha eng zamonaviy ishlanmalardan boxabar boʻlib turish imkonini ham yaratadi”, — deya taʼkidlaydi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi Rovshan Izamov.
Zamonaviy oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatlarini xarid qilish boʻyicha Aksiya EUROUZ — Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Yevropa- Oʻzbekiston (YEVROUZ) Assotsiatsiyasining muvofiqlashuvida va Çalık Holding (Turkiya) i Pietro Fiorentini (Italiya) kompaniyalarining moliyaviy koʻmagida amalga oshirildi.
Milliy palata aksiyalari sirasiga joriy yil aprel oyi oʻrtalarida Oʻzbekistonga oʻpka kasalliklarini davolash uchun 4 komplekt elektr apparatlarining yetkazilishini ham kiritish mumkin. Bunday apparatlar Uxanda COVID-19ning ogʻir formasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda oʻzining samaradorligini koʻrsatgandi.
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati