Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar iyul oylarida jami 10,7 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

  • Turkmaniston — 3 197 nafar;
  • Hindiston — 2 846 nafar;
  • Tojikiston — 1 246 nafar;
  • Xitoy — 532 nafar;
  • Janubiy Koreya — 428 nafar;
  • Pokiston — 377 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi — 286 nafar;
  • AQSH — 254 nafar;
  • Afgʻoniston — 193 nafar;
  • Turkiya — 181 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 1 161 nafar.