Soʻnggi besh yilda mamlakatimizga 17 mamlakatdan jami 2 ming 620 ta elektromobil olib kirildi.

Xususan, 2018-yilda 13 ta, 2019-yilda 39 ta, 2020-yilda 130 ta, 2021-yilda 809 ta va 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida 1629 ta elektromobil sotib olindi.

Oʻtgan besh yil davomida sotib olingan jami elektromobillar uchun 71,8 million AQSH dollari sarflangan.