Bu jarayon allaqachon boshlangan. Ushbu reyslar uchun chipta narxi aslida qancha?
24 maygacha amalga oshiriladigan charter reyslarning chipta narxlari bilan tanishing:
Istanbul – Toshkent — 285 USD;
SHarja – Toshkent — 221 USD;
Frankfurt – Toshkent — 400 USD;
London – Toshkent — 440 USD;
Dehli – Toshkent — 224 USD;
Moskva – Toshkent — 147 USD;
Sankt-Peterburg – Toshkent — 178 USD;
Rostov – Toshkent — 160 USD;;
Qozon – Toshkent — 148 USD;;
Novosibirsk – Toshkent — 186 USD;
Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro'yxatga olinadi hamda "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro'yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.
Ro'yxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo'yiladi.
CHiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi O'zbekistan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo'ladi.