Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni ortib bormoqda

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,6 ming nafarga yoki 3,4 barobarga oshgan.

    Eng koʻp Afgʻoniston ( 207 536 nafar), Tojikiston (12 244 nafar), Turkmaniston (1 642 nafar)

    Shuningdek, Rossiya (451 nafar), Turkiya (276 nafar) Qozogʻiston (255 nafar) kabi davlatlardan xorijliklar tashrif buyurgan.