Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 50,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 million tonna sement import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning toʻrt oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 498,3 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 278,5 ming tonna;

Tojikiston – 234,7 ming tonna;

Eron – 10,8 ming tonna;

Turkmaniston – 8,6 ming tonna.