Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 85,0 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 million tonna sement import qilingan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 674 ming tonnaga koʻp.
2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozogʻiston – 818,8 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 437,1 ming tonna;
Tojikiston – 391,5 ming tonna;
Eron – 44,8 ming tonna;
Turkmaniston – 16,4 ming tonna.