Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan Oʻzbekistonga 765,3 ming tonna sement import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 475,2 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning 1-choragida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 338,5 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 227,4 ming tonna;

Tojikiston – 189,0 ming tonna;

Turkmaniston – 7,1 ming tonna;

Eron – 3,2 ming tonna.