Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar oyida Oʼzbekistonga 39 ta davlatdan qiymati 26,5 mIllion АQSH dollariga teng boʼlgan 20,9 ming tonna qogʼoz va karton import qilingan.
2022-yilning yanvar oyida Oʼzbekiston eng koʼp qogʼoz va karton import qilgan davlatlar:
- Rossiya – 11 ming tonna;
- Xitoy – 2,7 ming tonna;
- Finlyandiya – 1,9 ming tonna;
- Belarusь – 1,5 ming tonna;
- Germaniya – 1,2 ming tonna;
- Ukraina – 1,1 ming tonna;
- Shvetsiya – 391 tonna;
- Polьsha – 321,3 tonna;
- Turkiya – 230 tonna.