Unga koʻra, mamlakatimizdan umumiy 30 nafar hakam ushbu roʻyxatdan oʻrin olgan.

Eʼtiborli tomoni, 2023-yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. Soʻnggi mavsumlarni muvaffaqiyatli oʻtkazib kelayotgan Rahimbek Karimov, shuningdek, yordamchi hakamlardan Avazbek Abdullayev va Zufar Eliboyev, futzal boʻyicha Oybek Kallaxoʻjayev, sohil futbolida Naim Qosimov kabi nomlarga koʻzingiz tushadi. Bundan tashqari, Rahimbek Karimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hakamlari sifatida roʻyxatdan oʻrin olgan.

Oʻzbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan eʼtibor ham oʻz samarasini bermoqda. Joriy yildan boshlab Roziyabonu Yusupova xalqaro maydonlarda ayollar futboli bosh hakami sifatida ishlashi mumkin boʻladi. Shuningdek, Aleksandra Konchikova FIFA ayollar futzal hakami sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega boʻldi.

FIFA hakamlarimizning umumiy roʻyxati:

Bosh hakamlar:

Rahimbek Karimov, Rustam Lutfullin, Edita Mirabidova, Asker Najafaliyev, Firdavs Norsafarov, Ahrol Risqullayev, Akobir Shukrullayev, Ilgiz Tantashev, Roziyabonu Yusupova.

Yordamchi hakamlar:

Avazbek Abdullayev, Zufar Eliboyev, Timur Gaynullin, Zilola Rahmatova, Ruslan Serazitdinov, Kristina Sereda, Baxtiyorxoʻja Shavkatov, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Andrey Sapenko, Alisher Usmanov.

VAR hakamlari:

Aziz Asimov, Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov, Abdurashid Xudoyberganov.

Futzal hakamlari:

Nikita Afinogenov, Askarbay Arzibekov, Oybek Kalaxojayev, Aleksandra Konchikova, Anatoliy Rubakov.

Sohil futboli hakami:

Naim Qosimov.