Qayd etilishicha, taklif etilayotgan ish oʻrinlari 300 ta boʻlib, qabul qilinadigan nomzodlarga 3000 yevrodan toʻlanadi (soliqlar ushlab qolingandan soʻng 2000 yevro atrofida).
Shuningdek, Nomzodlar 23-43 yosh oraligʻida, BS haydovchilik guvohnomasiga, Nemis tilidan A2 yoki B1 daraja xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi va sudlanmagan hamda jismonan sogʻlom boʻlishi talab etiladi.
Tanlab olingan nomzodlarga esa vizani rasmiylashtirish, aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer kabi imtiyozlar beriladi.
Nomzodlarga Germaniyaga joʻnab ketish oldidan (viza jarayoni boshlanganda 1 oy) SBH West tashkiloti koʻmagida “Vatanparvar“ markazida kasbiy nemis tili oʻqitiladi va qayta tayyorlov kurslari oʻtkaziladi.