Ular orasida tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va oʻzbekistonlik tadbirkor Dilorom Yoʻldosheva bor.
Ikki yil avval Dilorom Yoʻldosheva baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyogʻini yoʻqotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmadi va oʻzining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminladi.
BBCʼning «100 nafar ayol« loyihasi shuni koʻrsatmoqdaki, dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning koʻpchiligi oʻz zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi oʻzgarishlar uchun kurashishni davom ettirmoqda.