O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasining maʼlum qilinishicha, Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida katta talofatlar ko‘rilgani tufayli O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda «Yoshlar - kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan issiq ovqat tayyorlab, tarqatish maqsadida O‘zbekistondan Baxriddin Chustiy boshchiligidagi oshpazlar guruhi  yuborildi.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni ayni paytda 20 ming kishidan oshgan, 80 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.