30-mart — 3-aprel kunlari Afg'oniston Islom Respublikasida bo'lib o'tadigan Machmeyking konferensiyaga yurtimizdan 18 ta kichik va o'rta biznes vakillari yo'l olgan edi. Yurtdoshlarimiz manzilga yetib borib, tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi hamda Biznesni rivojlantirish uyushmasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu loyiha doirasida B2B uchrashuvlar, mahsulotlar ko'rgazmasi, machmeyking konferensiyasi o'tkaziladi. Tadbirkorlar loyihada ishtirok etish orqali nafaqat Afg'onistonda, balki ushbu Dengiz logistikasiga ega davlatlar, shuningdek quruqlik yo'llari orqali bir yarim milliarddan ortiq axoli yashaydigan xudud — Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlarga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi.

— Bu tadbirkorlarning mahsulotlarini yirik investorlarga namoyish etishi hamda bir vaqtni o'zida manfaatli shartnomalarni imzolashga qaratilgan loyihadir, — dedi O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Bobur Rasulov. — Delegatsiya 6 yo'nalishda faoliyat yuritayotgan eksportchilardan iborat. Bular oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, to'qimachilik, qishlok xo'jaligi, yuvish vositalari ishlab chiqaradigan tadbirkorlardir.

Loyihadan yurtimizga yangi investorlarni jalb kilish, eksport saloxiyatini oshirish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kabi samarali natijalar kutilmoqda.

Iroda Toshmatova,

“Yangi O'zbekiston” muxbiri