Davlat boshqaruvi, fuqarolik xizmati va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlari boʻyicha BMT tizimida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish dasturlarini oʻz ichiga olgan qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik haqida bitim imzolandi. Ushbu bitim “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tarixida BMT tizimi tashkiloti bilan aloqalarni mustahkamlovchi ilk rasmiy hujjat hisoblanadi.
Hujjatga koʻra, tomonlar davlat xizmatchilari va jamgʻarma stipendiatlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tadqiqotlar va texnik ishlanmalar bilan almashadi. Konferensiyalar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar va boshqa kasbiy tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan. UN ICSC raqamli boshqaruv, inson resurslarini boshqarish va fuqarolik xizmati amaliyoti sohalarida ekspertlik va texnik yordam koʻrsatadi, deb xabar beradi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi matbuot xizmati.








