Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetdi. -90 kg vazn toifasida kechgan bahslarda oʻzbekistonlik Umar Bozorov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Olimpiada va jahon chempionati sovrindorlari jam boʻlgan mazkur vaznda Bozorov finalda fransiyalik Aleksis Metyudan ustun keldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, dastlabki kun bahslarida -66 kg vazn toifasidagi Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfullayev bronza medallari bilan taqdirlanishgan edi.