“Tokio – 2020” yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun muhim reyting ochkolarini beruvchi mazkur nufuzli musobaqada dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 8-aprel holatida 10 medalni (3 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Hozirgi kunda bu koʻrsatkich dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining mustaqillik yillaridagi Osiyo chempionatlarida koʻrsatgan eng yaxshi natijasi boʻlib turibdi.

Bundan tashqari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 7-aprel kuni Osiyo dzyudo federatsiyasi prezidenti Obaid al-Anzi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shu bilan birga, Qirgʻiziston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Reglamentga koʻra, muxlislarni bugun terma jamoalar oʻrtasidagi kurash kutib turibdi. Vakillarimiz ushbu dasturni turkmanistonlik dzyudochilarga qarshi boshlashadi.