баннер
25 Apr 2025
16:42

    Oʻzbekistonlik “furachi“lar Latviyaga ishga taklif etilmoqda

    Migratsiya agentligi va Latviyaning “Sia Kreiss” korxonasi yuk avtomobili haydovchilari uchun boʻsh ish oʻrinlarini taklif etmoqda.

    Qayd etilishicha, taklif etilayotgan ish oʻrinlari 40 ta boʻlib, qabul qilinadigan nomzodlarga oylik maosh 1600 € dan — 2000 € gacha toʻlanadi.

    Shuningdek, nomzodlar 18-55 yosh oraligʻida, e kategoriyali yuk avtomobil haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi, rus tilini muloqot darajasida bilish, Oʻzbekistondan chiqishga taʼqiqi boʻlmasligi, kamida 1-yillik ish tajribaga ega boʻlishi va sudlanmagan boʻlishi kerak.

    Tanlab olingan nomzodlar viza, aviachipta, Agentlik toʻlovi 10 BHM, ovqatlanish xarajatlarini oʻzlari toʻlashlari talab etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech