баннер
18 Mar 2025
17:35

    Oʻzbekistonlik hakamlar Jahon chempionati doirasidagi uchrashuvlarda faoliyat olib borishadi

    Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 25-mart kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doriasidagi Janubiy Koreya va Iordaniya oʻrtasidagi muhim uchrashuvni boshqaradi.

    Mazkur bahsda Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin koʻmaklashadi. Zaxira hakami sifatida Rustam Lutfullin, VAR tizimida esa Firdavs Norsafarov va uning yordamchisi Ahrol Risqullayev faoliyat olib boradi.

    2027-yilgi Osiyo Kubogi saralashi doirasida Tojikiston va Timor-Leste terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda oʻzbekistonlik tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko instruktor sifatida faoliyat olib boradi.

    20-mart kuni boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi Yaponiya – Bahrayn bahsida esa Vladislav Seytlin instruktor sifatida ish olib boradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech