Unda Oʻzbekistondan Buyuk Britaniyaga qonuniy ishchi kuchini jalb qilish, migrantlarning kasbiy taʼlim va ingliz tili koʻnikmalarini egallashini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma loyihalar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston hamshiralariga kasbiy ingliz tilini oʻrgatish orqali ularni Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash tizimida ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uels tomoni Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, viloyatlardagi tayyorlov kurslari va mehnat migrantlariga yaratilgan qulayliklar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishdi.
Britaniya tomoni, oʻz navbatida, Oʻzbekiston bilan kasbiy taʼlim yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan mamnun ekanini bildirib, mamlakat hamshiralarining ingliz tili bilish darajasini oshirishda amaliy yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.
CAVC English Academy Uelsdagi eng yirik kasbiy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Oʻquv dasturlari turli soha vakillari uchun moʻljallangan. Muassasa 20-yildan beri faoliyat yuritadi va har yili 30 mingdan ortiq oʻquvchi uchun yuzlab kurslarni taklif qiladi.









