Oʻzbekistonlik haydovchi va qurilishda ishlaydiganlarni Yaponiya ishga taklif qilmoqda

    Migratsiya agentligi Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi bilan hamkorlikda haydovchilik va qurilish sohalari boʻyicha ish oʻrinlari uchun nomzodlar qabul qilish boshlanganini maʼlum qildi.

    Loyiha doirasida ishtirokchilar Yaponiya tomonidan tashkil etiladigan 6–8 oylik bepul oʻquv kurslaridan oʻtadi.

    Tanlov 1–2-dekabr kunlari Toshkent shahrida oflayn suhbat orqali oʻtkaziladi. Haydovchilar uchun V–S toifadagi guvohnoma va 21–35 yosh talabi belgilangan. Qurilish sohasi boʻyicha esa 18–35 yoshdagi, intizomli va xavfsizlikka rioya qiluvchi nomzodlar tanlovda ishtirok etishi mumkin.

    Ish beruvchi 1400–1600 AQSH dollar maosh, yil davomida ikki marta ragʻbatlantirish, ishchi viza, aviachipta xarajatlarini qoplash, tibbiy va ijtimoiy sugʻurta taqdim etilishi qayd etilgan.

    Nomzodlar Migratsiya agentligining «Xorijda Ish» platformasida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.