Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi va Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi hamkorligida oʻzbekistonlik fuqarolar uchun Yaponiyada haydovchilik sohasida ishlash imkoniyati eʼlon qilindi.

Loyiha doirasida nomzodlar 2026-yil aprel oyidan Toshkent viloyatining Angren shahrida tashkil etiladigan 8 oylik bepul oʻquv kurslarida ishtirok etadi. Kurs davomida ishtirokchilar bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi.

Tanlov asosida 200 nafar yuk yetkazib beruvchi haydovchi ishga qabul qilinadi. Saralash jarayonlari 30-martdan 3-aprelga qadar “Proud Partners” kompaniyasi tomonidan onlayn suhbat orqali oʻtkaziladi.

Talablar BC yoki C toifasiga ega boʻlib kamida 3-yillik tajribaga ega haydovchilik guvohnomasi boʻlishi, yoshi 21 dan 35 gacha boʻlishi va belgilangan rozilik xati shartlariga rozi boʻlishi talab etiladi. Yapon tilini biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Ish sharoitlari:

  • oylik maosh 1200–2000 AQSH dollarigacha (oshishi mumkin);
  • qoʻshimcha ish soatlari uchun yuqori haq toʻlanadi;
  • yilda 2-marta bonus beriladi;
  • ish jadvali smenali;
  • turar joy ish beruvchi tomonidan taqdim etiladi (taxminan 200 dollar ish haqidan ushlab qolinadi).

Imtiyozlar:

  • aviachipta xarajatlari qoplab beriladi;
  • ishchi viza rasmiylashtiriladi va xarajatlar kompensatsiya qilinadi;
  • tibbiy va ijtimoiy sugʻurta taʼminlanadi.

Nomzodlar Migratsiya agentligining xorijdaish.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Talablarga mos kelgan fuqarolar bilan agentlik xodimlari bogʻlanadi.

Murojaat uchun: 1282 yoki 71 202-33-55 (ichki 505).