O‘zbekistonlik kinorejissyor Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda eʼtirof qozondi

    O‘zbekistonlik kinorejissyor Dilshodbek Usmonov «Mumbai Entertainment International Film festival India» festivalida taqdirlandi, deb xabar bermoqda.

    Kinematografiya agentligi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Dilshodbek Usmonov “Montaj” qisqa metrajli filmi bilan «Mumbai Entertainment International Film festival India» festivalida «Eng yaxshi erkak rejissyor» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

    Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar To‘ychi Ahmedov.

    Shuningdek, mazkur film “Debyut” festivalining II darajali «Gran pri» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Gonkongdagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi «Global University Film Awards-2022» festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan «Vienna International Film Awards» kinofestivali, «Moskva premyerasi» xalqaro kinofestivali, Marokashda o‘tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozog‘istondagi “Bastau” butun dunyo talabalari hamda debyutantlari kinofestivalida ishtirok etgan va turli yo‘nalishlarda taqdirlangan edi.

    Bundan tashqari, kinokartina Braziliyada o‘tkazilgan «Campinas film festival 2022»ning «Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film» mukofoti sohibi bo‘lgan edi.