O'zbekistonlik kurashchi Muhsin Hisomiddinov Osiyo chempioni bo'ldi

    Sport 1 May 2023 2116

    Kecha Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo'yicha qit'a chempionati yakunlandi. Unda Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qo'lga kiritdi.

    Mutloq vazn toifasida 5 karra jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, 2 karra Osiyo chempioni Muhsin Hisomiddinov qirg'izistonlik Bekbolot Toktogonovni mag'lub etdi.

    Kurash bo'yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni, 2022 yilda “Dunyoning eng yaxshi kurashchisi” deya e'tirof etilgan o'zbekistonlik Umid esanov kumush medal` bilan taqdirlandi.