O‘zbekistonlik mutaxassislar aeroportning jamoat tartibini muhofaza qilish, migratsiya xizmati, qo‘riqlash xizmati faoliyatini taʼminlovchi qator boshqarmalarida bo‘lishdi. Isroil tomoni aeroport amaliyotida qo‘llaniladigan tajriba va eng yangi texnologiyalar taqdimotlarini o‘tkazdi.

Devid Ben Gurion  xalqaro aeroporti mamlakatning birinchi Bosh vaziri nomi bilan atalgan va Isroilning eng yirik transport markazi hisoblanadi. 2022 yilda u 20 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Mutaxassislarning aytishicha, 2023 yilda aeroportdan 25 million yo‘lovchi foydalanadi, bu esa pandemiyagacha bo‘lgan 2019 yil rekordini yangilaydi.

Aeroport Isroilning bir qator aviakompaniyalari, xususan, Arkia, EI AI, Israir Airlines,  Sun d‘Or uchun bazaviy havo platformasi hisoblanadi. Ushbu aeroportdan dunyoning 54 ta davlatining 137 ta yo‘nalishiga to‘xtovsiz yo‘lovchi qatnovlari amalga oshiriladi.