Oʻzbekistonlik olim ilk bor Rossiya taʼlim va fan vazirligining mukofotiga sazovor boʻldi

    Fan 27 Dekabr 2023 2624

    Oliy taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining uzoq tarixida ilk bor oʻzbekistonlik olim Rossiya Federatsiyasi taʼlim va fan vazirligining eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.

    Rossiya Federatsiyasi taʼlim va fan vazirligi buyrugʻiga asosan “MISIS”ning Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori Farxodbek Yarqulovich Umarov “Taʼlim va fan-texnika taraqqiyoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.

    Ushbu medal ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni, nanotexnologiyalarni, shuningdek, fan va yuqori texnologiyalar markazlarini, intellektual mulkni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan olimlarga beriladi.

    Taqdirlash marosimi joriy yilning 26-dekabr kuni boʻlib oʻtdi. Fan va texnologiya universitetining “MISIS” madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan tadbir davomida filialning ajoyib jamoasi erishgan asosiy yutuqlari qayd etildi.

    Eslatib oʻtamiz, texnika fanlari doktori F.Umarov 2018-yilda Yevro-Osiyo konchilik fanlari akademiyasining eng yosh akademigi sifatida ham eʼtirof etilgan.