Anjumanda Oʻzbekiston jamoasi ham “Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlili” mavzusida ilmiy ish bilan ishtirok etdi.
Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik yoʻnalishidagi dolzarb muammolarga yechim taklif qilgani uchun xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi va birinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Maʼlumot uchun, ushbu tadbirda oʻz ilmiy kashfiyoti bilan ishtirok etgan texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev, dunyoning koʻzga koʻringan tashkilotlari jumladan, “Hyundai Motors”, “Samsung”, “NASA” va “Oak Ridge” milliy laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan yosh oʻzbek olimidir. U 350 dan ortiq yangi turdagi materiallarni kashf qilgan, 7 tadan ortiq xalqaro patent va 16 dan ziyod dunyoning yetakchi jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan.