DELTA(yoki Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages) - bu QS reytingi bo’yicha dunyonining eng nufuzli 5 ta oliy ta'lim muassassalaridan biri Kemrij Universiteti tomonidan professional xorijiy til o’qituvchilari diplomi bo’lib, mazkur diplom Buyuk Britaniya ta’lim tizimi boyicha magistratura darajasiga teng va dunyoning 25,000 ziyod tashkilotlari tomonidan e’tirof etilgan Kembrij Essessment (Cambridge Assessment) tomonidan yilida ikki marta tashkil etiladi. Ushbu diplomni olish uchun taxminan 2-3 yil vaqt talab etiladi, buning uchun talabgor 3 bosqichdan iborat murakkab baholash tizimi va dissertatsiya yoqlashi kerak bo’ladi.
Diplomni rasmiy topshirish jarayonida qatnashgan Vendi Gilepsi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Mark Ballam ta’kidlaganidek: “DELTA hozirgi kunda murakkabligi bo’yicha dunyodagi eng qiyin va bir vaqtning o’zida eng nufuzli diplom hisoblanadi. Mazkur diplomga tayyorgarlik ko’radigan va oxirgi bosqichiga yetgan kam sonli nomzodlargina yuqori natijalarga erishishi mumkin. Mazkur diplom egalari asosan kitob mualliflari va jahon tan olgan ekspertlar ekanligini hisoblasak, O’zbekistonlikarning ularning safiga qo’shilishini quvonarli hol sifatida ko’ramiz.”
Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerak mutaxassis, 2021-yil 14-iyundan boshlab Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Samrqand viloyat hududiy vakilligi rahbari sifatida faoliyat yuritib, viloyatdagi barcha o’qituvchilar uchun bepul mahorat darslari, seminar va masterklasslarni o’zi va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil etayapti. Pedagogik faoliyatini esa Samarqand shahridagi Innovative Centre nodavlat ta’lim muassassasida olib boradi. Shu paytgacha 2 mingdan ziyod shogirdlarni yetishtirgan.
‘Mazkur juda ham nufuzli diplomni qo’lga kiritishimda hozirgi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga berilayatgan davlatimizning yuksak e'tibori, o’qituvchi-pedagoglar o’rtasida haqiqiy raqobat muhitining mavjudligi katta rol o’ynadi. Ayniqsa Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi O’zbeksitonlik o’qituvchilar hali xabardor bo’lmagan eng nufuzli tashkilotlarning o’qitish va baholash tizimlarini olib kirgani o’ylaymanki har bir xorijiy til o’qituvchisiga katta stimul bag’ishlaydi."
Eslatib o’tishimiz aynan Muxammadxon Soliyevning shogirdlari Parvizjon Subxonqulov va Timurbek Jalilovlar xorijiy til imtihonlari bo’yicha O’zbeksiton tarixida eng yuqori C2 natijani qo’lga kiritgan edilar.
Suxrob Murodov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyat vakilligi loyihalar menejeri.