Jahonning 57 mamlakatidan 285 yigit-qiz ishtirok etgan olimpiadada IPhO-2020 uchun saralangan milliy terma jamoa aʼzolari ishtirok etdi.
Unda Oʻzbekiston sharafini Toshkent shahri 71-maktab 11-sinf oʻquvchisi Rail Xashayev, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey 1-bosqich oʻquvchisi Madinabonu Hasanova, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-bosqich talabasi Mironshoh Yusufov, Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-bosqich talabasi Sardor Boboshev hamda Moskva fizika va texnologiya instituti 1-bosqich talabasi Azizbek Tursunov himoya qildi.
Rail Xashayev bronza medalni qoʻlga kiritdi, Sardor Boboshev va Azizbek Tursunov esa diplom bilan taqdirlandi.