Yurtimizdan Rossiyaga tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun qishki ta’til davrida «Ertaknamo Peterburgga sayohat» ekskursiya-ta'lim dasturi tashkil etilgan.
Kutib olish marosimida Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari S.Nekrasov so‘zga chiqdi. U Rossiya–O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash muhimligi va ikki davlat o‘rtasida bunday tadbirlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Rais o‘rinbosari ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga alohida minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda turli folklor sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolalar mehmonxonaga joylashtirilgach, ularga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.
Uchrashuv jarayoni rus OAV, xususan, «Rossiya» telekanali muxbirlari tomonidan keng yoritildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.