Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14ta medalni qoʻlga kiritdi

    Ta'lim 14 Yanvar 2021 2733

    Joriy yilning 8-12-yanvar kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olma-ota shahrida masofaviy tarzda matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi tashkil etildi.

    Unda 14 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchi munosib ishtirok etib, olimpiada yakuniga koʻra 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 11 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi. Oʻtgan yili mazkur Olimpiadada Oʻzbekiston jamoasi 6 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.

    Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab har yili Qozogʻistonning Olma-ota shahridagi Fizika-matematika milliy maktabida oʻtkazilib, unda turli davlatlarning jamoalari uch nafar matematika, ikki nafardan fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur oʻzlashtirgan oʻquvchilar jamoalari bilan qatnashadilar.

    Joriy yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasida 21 ta davlatdan 146ta jamoa, jami 1006 nafar ishtirokchi oʻz bilimini sinab koʻrdi. Oʻzbekistonning turli hududlaridan Olimpiadada 10 ta jamoa ishtirok etdi.

    17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik oʻquvchilarning natijalari bilan tanishing:

    Tolibov Diyorbek (oltin medal)— Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

    Ismoilov Doniyorbek (kumush medal) — Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11-sinf oʻquvchisi

    Xolmatov Jaloliddin (bronza medal) — Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi

    Buriyev Iskandar (bronza medal) — Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi

    Obilov Davronbek (bronza medal) — Jizzax viloyati, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi

    Nabixonov Nabixon (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Guliston tumani 23-maktabining 11-sinf oʻquvchisi

    Qodirqulov Ilgʻor (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Qorakoʻl maktabi 10-sinf oʻquvchisi

    Raxmatov Anvarbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 9-sinf oʻquvchisi

    Rajabboyev Lazizbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 10-sinf oʻquvchisi

    Olimov Olimjon (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11-sinf oʻquvchisi

    Zoirov Afzal (bronza medal) — Navoiy Qorakoʻl maktabi 10-sinf oʻquvchisi

    Fizika fanidan

    Xashayev Rail (kumush medal)— Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 71-umumtaʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchisi

    Informatika va axborot texnologiyalari fanidan

    Oʻrinov Azimjon (bronza medal) — Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi

    Xoʻjaqulov Dilshodbek (bronza medal)— Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi

    Aytish joizki, ushbu xalqaro olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilarning ishtiroki bilan bogʻliq tayyorlov va muvofiqlashtirish ishlari Xalq taʼlimi vazirligining Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi Sardor Bazarbayev tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek Sardor Bazarbayev ushbu Olimpiadada Oʻzbekiston term jamoasining rahbari sifatida qatnashdi.