Oʻzbekistonlik oshpaz Xalqaro osh festivali sovrindori boʻldi

    Turizm 1 Noyabr 2021 1926

    MDHga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida “Oshi palov” xalqaro festivali oʻtkazildi. Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida boʻlib oʻtgan ushbu musobaqada 11 ta davlatdan 50 nafar oshpaz ishtirok etdi.

    “Oshi palov” festivali doirasida 3 tonna osh tayyorlangan boʻlib, unda Oʻzbekistonning Tojikistondagi diasporasidan malakali oshpaz, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi aʼzosi Toʻlqin Jabborov oʻz mahorati bilan Oʻzbekistonning mashhur xalqaro oshpazlarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.

    Natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Tojikiston, 3-oʻrinni – Afgʻoniston oshpazlari egalladi. Oʻzbekistonning mahoratli oshpazi Toʻlqin Jabborov esa faxrli 2-oʻringa loyiq deb topildi. Gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Turizma va sport vazirligi matbuot xizmati.

    Dushanbe shahridagi “Sayyoh” restoran-choyxona bosh oshpazi Toʻlqin Jabborov: “Xalqaro festivalda Oʻzbekiston nomidan qatnashib, mamlakatimizning gastronomik turizm salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega boʻldim. Sovrinli oʻrin olganligim Oʻzbekistonda ushbu turizm yoʻnalishiga katta eʼtibor qaratilishi tufaylidir. Vatanimiz shaʼnini himoya qilish men uchun yuksak sharafdir!”.