Konferensiya Rossiyada yuzma-yuz shaklda, Isroilda, Ispaniyada, Serbiyada, Qozogʻistonda, Armanistonda, Oʻzbekistonda, Ozarbayjonda va Belorusda sirtdan turib oʻtkazildi. Dastur doirasida ishtirokchilar masofadan turib oʻqitishda taʼlim imkoniyatlaridagi tengliklar, raqamli taʼlimning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz amaliyotlari va vositalari, pandemiya sharoitida masofali oʻqitish masalalarini muhokama etdilar.
Xalqaro klub asoschisi Aleksandr Gizining soʻzlariga qaraganda, konferensiyada strategik sessiya oʻtkazilgan va unda har xil mamlakatlardan 350dan ziyod oʻqituvchilar ishtirok etgan. Ular guruhlarga boʻlinib, masofadan oʻqitish sharoitida oila va maktab oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning samarali usullari ustida birgalikda ishlagan. Sessiya natijasi boʻyicha amaliy qarorlar ishlab chiqilgan va bilimning umumiy bazasi yaratilgan.
“Raqamli texnologiyalar uchun kadrlar tayyorlash” ikkinchi Xalqaro pedagogik konferensiyasi “Rossiya Federatsiyasi raqamli iqtisodiyoti” milliy dasturining “Raqamli iqtisod uchun kadrlar” federal loyihasi doirasida “Mejdunarodnыy obrazovatelnыy klub” MCHJ tomonidan Rossutrinchestvo koʻmagida amalga oshirildi, deb xabar beradi RIA Novosti.