Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Jahon Kubogi gʻolibiga aylandi

    Sport 26 Noyabr 2025 1453

    Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon Kubogi 2025 finalida Javohir Sindorov Vey Yiga qarshi bahsni oʻz foydasiga hal qildi va turnir chempioniga aylandi.

    Chempionlik mukofoti: 120 000 dollar.

    Eng muhimi, Javohir 2026-yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

    Javohir Sindarov — shu paytgacha FIDE Jahon kubogini yutgan eng yosh chempion boʻlib tarixga kirdi! U ushbu muvaffaqiyatga 19 yoshida erisha oldi!

    Maʼlumot uchun, bundan 21-yil oldin Rustam Qosimjonov ham Jahon kubogi sohibi boʻlgan.