Joriy yil 3–8-mart kunlari Turkmaniston taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida anʼanaviy IV xalqaro ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2024) boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, Bolgariya, Indoneziya va mezbon Turkmaniston oliy taʼlim muassasalarining jami 500 nafardan ziyod talaba qatnashdi. Shu jumladan yurtimizning 18 ta oliy oʻquv yurtidan 79 nafar talaba ishtirok etdi.
Musobaqalar matematikaga qiziquvchi bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar oʻrtasida yakka va jamoaviy turlarda oʻtkazildi. Olimpiadaning rasmiy tili – Turkman va Ingliz tillari boʻldi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan talabalar olimpiada dasturida nazarda tutilgan yakkalik va jamoaviy bosqichlarda oʻzaro bilimlarini sinab, umumiy hisobda 7 ta oltin, 15 ta kumush va 35 ta bronza bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili ushbu olimpiadada oʻzbekistonlik talablarimiz umumiy hisobda 5 ta kumush va 13 ta bronza bilan bilan 4-oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.