Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Elorda cup” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu xalqaro turnirda qatnashgan o‘zbekistonlik talabalar oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, turli toifalarda ringga chiqqan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari Jahongir Zokirov va Nigina O‘ktamova oltin medal, Buxoro davlat universiteti talabalari Sabina Boboqulova, Asilbek Jalilov va Saidjamshid Jafarov — kumush, Marjona Savriyeva bronza medali, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Shaxzod Muzaffarov — bronza, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Adham Muhiddinov bronza medal, Samarqand davlat universiteti talabalari Sitora Turdibekova kumush, Navbahor Hamidova esa, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.