Madaniy tadbirda, shuningdek, Bolgariya, Janubiy Koreya, Chexiya, Qozog'iston, Yaponiyadan kelgan talabalar o'zlarining milliy qadriyatlarini namoyish etdilar.
Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, o'zbekistonlik talabalar tanlovning «Eng yaxshi bezatilgan stend» va «Eng yaxshi tayyorlangan milliy taom» yo'nalishida g'olib, deb topilib, tadbirning asosiy sovrinini qo'lga kiritishdi.
Ta'kidlash joizki, Sulton Qobus kollejida tashkil etilgan arab tilini mukammal o'rgatish kurslarida dunyoning 55 mamlakatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda.
Ushbu qisqa muddatli kurslarda arab tili zamonaviy o'quv dasturlari va interfaol uslublar orqali chuqur o'rgatiladi.