Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida Markaziy Osiyodagi OTM talabalari o'rtasida an'anaviy “26-Yapon tili notiqlik san'ati” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Unda mintaqadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari yapon tili bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra, O'zbekiston nomidan ishtirok etgan Yaponiya raqamli universitet (JDU) talabalari e'zoza Muhamedova va Saidahror Botirov birinchi hamda ikkinchi o'rinlarni, Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Gulchira Seylbekova esa beshinchi o'rinni egalladi.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning mart oyida yapon tili bo'yicha bo'lib o'tgan 31-Respublika tanlovida g'olib bo'lgan to'rt nafar talaba O'zbekiston nomidan ishtirok etish uchun saralangan edi. Ular yapon tili borasidagi bilimlari bilan deyarli 90 foiz ishonchni oqlashdi, deyish mumkin.