Qayd etilishicha, Sirojiddin Laziz oʻgʻli Shokirov 1997-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2014-yilda Suriya davlatidagi terrorchilar safiga qoʻshiladi. 2015-yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Shokirov 17 yoshga toʻlib-toʻlmay Oʻzbekistonni tark etib, Qozogʻiston Respublikasi orqali Turkiyaga boradi va u yerdan ekstremistik oqim yordamida yashirin yoʻllar bilan Suriya davlatiga oʻtib, ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotiga birlashib, uning tarkibida buzgʻunchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtaydi.

Tezkor maʼlumotlarga koʻra, Shokirov jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan va unga nisbatan qoʻllanilgan qidiruv eʼloni toʻxtatilgan.