Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻz natijalarini bermoqda. Har yili “Samsung Electronics” bosh ofisi tomonidan kompaniya rivojiga ulkan hissa qoʻshgan xodimga topshiriladigan ushbu mukofotni vatandoshimizga taqdim etilishi ham ushbu fikrimizga dalil boʻla oladi.
“Dunyo” AAning qayd etishicha, “Samsung Electronics”da butun dunyo boʻylab (60 ga yaqin davlat) 250 mingdan ortiq xodim ishlar ekan. Nizomiddin Ismoilov erishgan muvaffaqiyat respublikamiz yoshlari uchun oʻrnak boʻlib xizmat qiladi.