O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi katta ilmiy xodimi, PhD Mirzakamol Ayubov Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi (ICRA – International Cotton Advisory Committee)ning ICRA-ASIA Young Scientist Innovation Medal-2023” mukofotiga sazovor bo'ldi. 

Mazkur medal uchun nomzodlar nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan Osiyo mintaqasida paxtachilik sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi yosh olimlar orasidan saralanadi.

Mukofot paxta tadqiqotlari bilan shug'ullanayotgan yosh olimlarni qadrlash, e'tirof etish va rag'batlantirish maqsadida ta'sis etilgan. 

Joriy yilgi mukofotga ikki nafar olim – O'zbekistondan Mirzakamol Ayubov hamda pokistonlik tadqiqotchi, Faysalobod Qishloq xo'jaligi universiteti dotsenti Tahsin Azhar loyiq deb topildi.